Xech qachon APLda o’ynamagan taniqli futbolchilar (TOP-10)

Ushbu futbolchilar o’z vaqtida dunyo yulduzlari hisoblanganlar. Lekin, buni qarangki, ular dunyoning eng qiziqarli futbol ligasi hisoblangan Angliya Premyer-Ligasida o’ynamaganlar.

Andrea Pirlo. «Maestro»ning qanday o’yinchi ekanligini barcha biladi. U bunday mashhurlikka Italiyadagi faoliyati orqali erishgan. Yoshi 37 ga borib qolgan futbolchini ikkilanmay ushbu ro’yxatga kiritdik. Xar holda faoliyati yakunida APL klublarida o’ynash ancha kuch talab etadi.

Roberto Karlos. Dunyoning eng kuchli chap qanot himoyachisi hisoblangan. Asosiy yutuqlarini Madridning «Real» jamoasi bilan birga qo’lga kiritgan.

Pele. Barcha davrlarning eng kuchli futbolchisi hisoblangan Pele faoliyati davomida faqatgina Braziliyaning «Santos» jamoasida, shuningdek, AQSHning «Nyu-York Kosmos» jamoalarida o’ynagan.

Luish Figu. O’z vaqtida «Sporting», «Barselona», «Real», «Inter» kabi Yevropaning ko’zga ko’ringan jamoalarida o’ynagan. Ayniqsa, uning «Barsa»dan «Real»ga ko’chib o’tishi juda katta shov-shuvlarga sabab bo’lgandi.

Kaka. Yulduzli onlarini «Milan»da o’tkazgan futbolchi Florentino Peresning «Real»iga ko’chib o’tgan. Ayni paytda «Orlando Siti»da o’ynayotgan futbolchi ham faoliyati so’nggida Tumanli Albionga tashrif buyurmasa kerak

Xavi. «Barselona» bilan 28 ta sovrin qo’lga kiritgan Xavi ayni paytda ko’pchilik qatori faoliyati yakunida Osiyoda o’ynamoqda. U ushbu mashhurlikka faqatgina «Barsa» bilan erishgan. Albatta terma jamoa miqyosidagi natijalarni hisobga olmasak 🙂

228471_680Zinedin Zidan. Zizu «Yuventus»dan «Real»ga 75 million yevro evaziga ko’chib o’tganida dunyoning eng qimmat transferi bo’lgandi. «Qirollik klubi»ning ayni paytdagi bosh murabbiyi faoliyati davomida Fransiya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida o’ynagan.

Ronaldino. «El-Klassiko»larda «Barsa» futbolchisi sifatida «Real» muxlislari olqishini ola bilgan kam sonli futbolchilardan biri.

Ronaldo. Braziliyalik original Ronaldo ham o’zining yorqin faoliyati davomida APL klublarida o’ynab ko’rmagan ekan.

Maradona. Argentinalik sobiq futbolchi o’z vaqtida «Napoli» va «Barselona» kabi nomdor jamoalarda o’ynagan. Ammo, futbol afsonasi deya takidlanadigan Maradona uchun ham dunyoning eng qiziqarli chempionatida o’ynash armon bo’lib qolgan.

manba: Championat.asia

ULASHISH