Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) taqiqlangan preparatlar qabul qilgani uchun qozog‘istonlik Ilya Ilyinni Pekin–2008 va London–2012

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 2016-yilgi mavsumiga rasman yakun yasaldi. Mamlakat chempionligini bir tur avval qo‘lga kiritgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘zi uchun hech narsani hal qilmaydigan o‘yinda ham zafar quchdi.

lokomotiv-680x453

“Bunyodkor” mehmoni bo‘lgan “temiryo‘lchilar” Sardor Mirzayevning yagona goli sabab g‘olib chiqdi. Joriy mavsum hisobidan “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari o‘zaro uch bor to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning birortasida ham Sergey Lushchan shogirdlari gol ura olmadi. Ikki bellashuv “Lokomotiv”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan bo‘lsa, yana bir o‘yinda hisob ochilmagan.

26-noyabr kuni tomonlar O‘zbekiston Kubogi yarim finalining javob o‘yinida maydonga tushadi. “Lokomotiv” stadionida o‘tgan birinchi bellashuv “temiryo‘lchilar”ning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.

O‘zbekiston Kubogi finaliga allaqachon yo‘llanma olgan Qarshining “Nasaf” klubi ham so‘nggi turda muvaffaqiyat qozondi. Yarim finalda “Nasaf”dan yengilgan “Buxoro” ham mavsumdagi so‘nggi turda 3 ochkoga ega chiqib, mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunladi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
30-tur bellashuvlari
23-noyabr, chorshanba

“Buxoro” — “Sho‘rtan” 3:1

Gollar: Ma’rufxon Murodov, 29 (0:1). Aziz Ibragimov, 30 (1:1). Vadim Chemirtan, 44 (2:1). Shavkat Salomov, 55 (2:1).
Chetlatish: Igor Taran, 68 (Sh).

“Nasaf” — “Mash’al” 2:0

Gollar: Bobir Abdixoliqov, 20 (1:0). Sharof Muhitdinov, 77 (2:0).

“Bunyodkor” — “Lokomotiv” 0:1

Gol: Sardor Mirzayev, 75 (0:1).

%d1%81%d0%bd%d0%b8%d0%bc%d0%be%d0%ba

manba: Daryo.uz

ULASHISH