Fancy Bears dasturchilar guruhi o‘zlarining Facebook’dagi sahifalarida Butun jahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) vakili va agentlikning Amerikadagi bo‘limi xodimlari o‘rtasidagi yozishmalarni o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritganlarini e’lon qildilar. Bu haqda govoritmoskva.ru xabar berdi.

Yozishmalarda qon tahlili shubhali bo‘lgan mashhur amerikalik sportchi va vazinni kamaytirib ko‘rsatish maqsadida Olimpiya o‘yinlaridan oldin kokain iste’mol qilgan kamida ikki atlet haqida so‘z boradi, — deb yozadi The Guardian gazetasi.

Bundan tashqari xakerlar WADA rahbari Kreyg Ridining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan uning uy telefoniga kirish imkonini ham qo‘lga kiritdilar.

ULASHISH