O’z hayot tarzidan bir necha o’n yillar mobaynida faxrlanib kelgan manhettenlik milliarder Donald Tramp ko’p xatolar qilgan, ammo «o’zi bilan kurashib» g’olib bo’ldi, deb yozadi The Washington Post.

Nashrning qayd etishicha, Tramp zamonaviy siyosat qoidalarini tan olmadi va saylovchilar bilan ular tushunadigan oddiy tilda gaplashdi. U odamlarga, ular istayotgan narsalarni gapirdi. Tramp elitaga qarshi chiqdi va g’olib bo’ldi.

Uning o’ziga to’q oilada dunyoga kelgani, boyligi bilan o’ziga zeb bergani va qirollardek yashagani muhim emas. U shuningdek, qolipga tushib qolgan va odamlarning siyosat haqida qachon nima deyish kerakligi borasida dars beruvchi eski qoidalarga qarshi chiqdi va yana g’alaba qozondi, deb yozadi The Washington Post.

Gazetaning fikricha, Tramp o’zining mashhurligi uni aksar siyosatchilar og’ishmay amal qiladigan qat`iy me`yorlardan himoya qiladi, deb o’ylagan. U g’alaba qozondi, chunki Tramp o’ziga xos qiliqlari va izohlari «uning haqparvar va ishini oxiriga yetkazadigan insonligi haqida tasavvur hosil qilish»iga ishongan.

manba: Kun.uz

ULASHISH