Volvo kompaniyasi 90-seriya modellaridagi yangilanishlarni e’lon qildi. S90 sedani, V90 universali va XC90 krossoveri qo‘shimcha xavfsizlik tizimi bilan ta’minlandi. Shuningdek ular bir birlarini sirg‘anchiq yo‘llar haqida ogohlantirishni o‘rgandilar. Bu haqda motor.ru xabar berdi.

Slippery Road Alert tizimi Volvoning bulutli ma’lumotlar omborida (Volvo-cloud) ishlaydi. Agar biror avtomobilda trekshn-nazorat (masalan, muzlagan yo‘ldan o‘tganda) ishlab ketsa, bu haqdagi axborot avtomat tarzda “bulutli ombor“ga uzatiladi. Shundan so‘ng bu axborot xavfli hududga yaqinlashayotgan boshqa avtomobillarga jo‘natiladi.

90-seriya modellaridagi yana bir Hazard Light Alert tizimi ham xuddi shu qoida asosida ishlaydi. U avariya signali yoqilgan avtomobillardan ma’lumot yig‘ib, axborotni unga yaqin joydagi mashinalarga jo‘natadi.

ULASHISH