Voleybol bo‘yicha Venesuela terma jamoasi sardori Kervin Pinerua 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda World of Volley portaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

17-noyabr kuni kechasi voleybolchi yurak xurujidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgandi. Shifokorlar sportchining hayotini saqlab qolish uchun kurashdi, ammo u 18-noyabr kuni ertalab vafot etdi.

Ma’lumot uchun, Kervin Pinerua Turkiya chempionatida faoliyat olib borgan edi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH