Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske Xitoydan 10 million yevrolik taklif olganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“Xitoydan yiliga 10 million yevrolik taklif olganimni tasdiqlashim mumkin. Ammo taklif terma jamoa yoki klubdan ekanini tushunmadim. Rostini aytsam, taklifga e’tibor ham bermadim”, – dedi 65 yoshli mutaxassis.

Avvalroq Xitoyning “Xebey Chayna Forchun” klubi del Boskening nomzodini ko‘rib chiqqandi. Yakunda esa ushbu jamoani “Manchester Siti”dan ketgan Manuel Pellegrini boshqardi.

Ma’lumot uchun, JCh–2018 yo‘lida O‘zbekistonga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin Xitoy termasi bosh murabbiyi o‘zbekistonlik jurnalistlar qarshisida iste’fo bergandi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH