10 noyabrda AQSh prezidenti Barak Obama va Donald Tramp Oq uyda uchrashdilar. Tramp suhbatdan keyin uchrashuv rejalashtirilgandan ancha uzoq davom etgani va suhbat chog’ida «murakkab savollar» muhokama qilinganini aytdi. Tramp suhbat haqida boshqa tafsilotlar keltirmadi.

Bu uchrashuvdan keyin internet Obama va Trampning uchrashuvi borasida turli hazil-mutoyibalar, memlarga to’lib ketdi. Foydalanuvchilar Obama va Tramp o’rtasidagi uchrashuvni milliarder ishtirokidagi «Uyda yolg’iz 2» filmidagi mashhur sahna ko’rinishida tasavvur qildilar.

«Kechirasiz, bu yerda chiqish qayerda?», deb so’raydi mohirona montaj evaziga Makoley Kalkin ijrosidagi bosh qahramon o’rniga «qo’yilgan» Obama Trampdan va tegishli javobni oladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH