Angliyaning “Arsenal” jamoasi matbuot xizmati xodimlari klub futbolchilarini qiziqarli boshqotirmani yechishga taklif qildi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.

Aleksis Sanches, Santi Kasorla, Ektor Belyerin, Karl Jenkinson va “to‘pchilar”ning boshqa a’zolariga 1 daqiqa davomida televizor ekranida turli qahramonlar orasidan aniq birini topish vazifasi berildi.

Vaqt tugab borayotgan vaqtda qo‘rqinchli tovushlar bilan ekranda zombi qiyofasidagi “Arsenal” himoyachisi Shkodran Mustafi to‘satdan paydo bo‘ladi.

Mustafining to‘satdan paydo bo‘lishiga “Arsenal” futbolchilarining munosabati quyidagi videolavhada keltirilgan.

manba: Daryo.uz
ULASHISH