Xitoyda avtomobil yo‘lini kesib o‘tayotgan “o‘rdaklar armiyasi” tirbandlik keltirib chiqardi. Tirbandlikda qolib ketgan haydovchilardan birining o‘rdaklar yo‘lni kesib o‘tayotgan holatini tasvirga olgan videosi YouTube’ga joylandi.

Videoning izohiga 20 ming o‘rdak yo‘lni kesib o‘tayotgani yozilgan. Ammo parrandalarning sonini kim hisoblab chiqqani noma’lum.

Qayd etish joiz, o‘rdaklar aynan piyodalar uchun mo‘ljallagan yo‘lakchadan yo‘lni kesib o‘tgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH