Yevropa va g‘arb mamlakatlarida mashhur bo‘lgan Xellouin bayrami arafasida Londonning “Tottenhem” jamoasi futbolchilari zombilarga qarshi kurashdi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.

“Tottenhem” a’zolaridan Vinsent Yanssen, Kayl Uoker va Jorj-Kevin N’Kudu zombilar hujumiga uchradi. Har bir futbolchining vazifasi zombilar hujumini to‘p zarbalari bilan qaytarish bo‘ldi.

Quyida hazil tariqasida uyushtirilgan tadbirning videolavhasi keltirilgan.

manba: Daryo.uz
ULASHISH