Zamonaviylashgan va taraqqiy etgan jahon ahli xayoliga ham keltirmagan, ko’z ko’rib, quloq eshitmagan kasalliklarga duch kelmoqda. Ularni aniqlash, oldini olish yoki davolash uchun qanchadan qancha vaqt, kuch va pul sarflanmoqda. Ammo natijalar qoniqarli bo’lmayapti, bu kasalliklar to’xtamayapti, aksincha, yangilari paydo bo’lyapti.

Bularning sababi nimada? Avvalo shuni aytish lozim-ki, har qanday kasallik nopoklikdan, aniqroq aytganda, nopok turmush tarzidan paydo bo’ladi. Buni bir shaxs misolida ham, butun bir jamiyat misolida ham ko’rish mumkin. Dunyo hamjamiyatini 30 yil davomida tashvishlantirib, o’ylantirib kelayotgan mudhish kasalliklardan biri bu OITSdir.

Olimlar, mutaxassislar, tibbiyot sohasi vakillari mana shu illatning oldini olish va davolashga harchand urinmasin, OITS vaqt o’tgani sayin ko’p tarqalmoqda, rivojlanmoqda, odamlar, jamiyatlar hayotini izdan chiqarmoqda. Uning oldini olish va undan himoyalanish uchun nima qilish kerak, degan savol hamon dolzarbligicha qolmoqda.

Ummat.uz sayti orqali taqdim etilgan videorolikda “To’xtaboy” jome masjidi imom-xatibi Ishoq Muhammad domla Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan bo’lib o’tgan voqeani tilga oladilar.

ULASHISH