VIA “Sharq” guruhi xonandalari Sarvar va Tatyana ota-onalik baxtiga muyassar bo`lishdi.

Ularning oilasida o`g`il farzand dunyoga keldi. Bu haqda Protoday nashriga guruh yakkaxoni Sarvar xabar bergan.

“Judayam baxtliman! Shu kunlarga etkazganiga shukur!”, deb yozadi Sarvarning so`zlariga tayanib nashr.

Fursatdan foydalanib, ularni yangi mehmon bilan qutlaymiz!

ULASHISH