Vetnamning Xanoy aeroportida ikki yo`lovchi Vietnam Airlines aviakompaniyasi xodimasiga hujum qildi. Bo`lib o`tgan voqea videokuzatuv kamerasiga yozilgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Vetnam fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, Vietnam Airlines reysi orqali Xanoydan Xoshiminga uchayotgan ikki yo`lovchi samolyotga kech qolgan. Shu masalada aviakompaniya xodimasi Nguen Le Kuin Anga murojaat etishgan. Muhokama jarayonida erkaklardan biri ayolni tutib turgan, ikkinchisi esa qo`lidagi sumka bilan uning boshiga bir necha marotaba urgan. Politsiya etib kelgunga qadar ayolni hamkasblari himoya qilishga harakat qilgan. Bezorilarning biriga Vietnam Airlines reysida uchish olti oyga, ikkinchisiga esa bir yilga taqiqlangan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH