AQSh poytaxti – Vashingtondagi Arlington yodgorlik ko’prigida faollar o’z lavozimini tark etayotgan AQSh prezidenti Barak Obamaning tasviri tushirilgan va «Alvido, qotil» degan yozuv bo’lgan katta bannerni ilib qo’yishdi.

Bu aksiya haqida ijtimoiy tarmoqlarning ko’plab foydalanuvchilari, jumladan aksiya tashkilotchilarining o’zlari ham ma`lum qilishgan.

«Biz yaqinda o’z lavozimini tark etadigan qotil Barak Obama bilan shunday xayrlashishga qaror qildik. U Liviya, Suriya, Iroq, Yaman va Ukrainadagi minglab tinch aholining o’limida aybdor. U prezidentligi davomida ko’plab qonli urushlarni boshladi. U tinchlik bo’yicha Nobel mukofotiga noloyiqdir. Uni haqiqiy «mukofot» Gaaga sudida sudlanuvchilar kursisida kutmoqda», deb yozdi aksiya tashkilotchilaridan biri tvitterda.

manba: Kun.uz

ULASHISH