British Airways aviakompaniyasining Vankuver shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan layneri yo‘lovchilari hamda ekipaj a’zolaridan 25 nafari tutundan zaharlanish tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Layner San-Fransiskodan Londonga uchayotgan edi. Uchuvchilar ekipaj a’zolari o‘zlarini yomon his qilayotgani bois Vankuverda qo‘nish uchun ruxsat so‘radi.

Qo‘nishdan so‘ng uchish maydoniga tez yordam mashinalari yetib keldi va jabrlanganlarni mahalliy shifoxonalarga yetkazdi.

Samolyotda nima sababdan tutun kelib chiqqani hozircha ma’lum emas.

manba: Daryo.uz

ULASHISH