O’zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, 2011 yilgi Osiyo chempionatida terma jamoa bilan yorqin o’yinlar ko’rsatgan Vadim Abramov «Futbol Ekspress» gazetasiga bergan intervyusida ayni paytdagi holati haqida aytib o’tdi.

«Yaratganga shukrlarga bo’lsinki, yuragim bilan bog’liq kasallikdan butkul xalos bo’ldim. Rossiyada yuragimni davolatib qaytib keldim va mana endi yurtimdaman. Ayni paytda meni hech nima bezovta qilmayapti, o’zimni juda yaxshi his qilayapman, hammasi ortda qoldi», degan mutaxassis.

Muxbir undan murabbiylik faoliyatini davom ettirish ehtimoli haqida so’ragan.

«Albatta. O’zim ham ishlashni xohlayman. Bungacha yuragim bezovta qilayotgani uchun hech qayerda faoliyat olib bormayotgandim. Endi esa sog’ligim yaxshilangani tufayli ishlay olaman. O’z oldiga jiddiy maqsadni qo’ygan klubdan taklif bo’lsa buni o’ylab ko’rishim mumkin», degan Abramov.

ULASHISH