UzReport TV telekanali o`z tomoshabinlari istagini ro`yobga chiqarishda davom etadi. 3-dekabr kuni soat 20:15 da afsonaviy «Kamp Nou» stadionida tarixiy “El-Klasiko” uchrashuvi bo`lib o`tadi. «Barselona» klubi o`zining azaliy raqibi «Real Madrid» jamoasini qabul qiladi.

UzReport TV telekanali Ispaniya chempionati lisenzion translyasiya huquqini qo`lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Tomoshabinlar talab va istaklaridan kelib chiqib telekanal La Liga translyasiyasini aynan «Barselona» – «Real Madrid» uchrashuvidan boshlab amalga oshiradi va har turning eng muhim uchrashuvlarini jonli efirda muxlislar e`tiboringa havola etib boradi.

Demak, 3-dekabr soat 20:00 da UzReport TV  telekanalida «Barselona» – «Real Madrid» uchrashuvi translyasiyasini jonli efirda tomosha qiling!

manba: Darakchi.uz

ULASHISH