Hozirgi kunda Xalil Rafatiy AQShning Los-Anjeles shahridagi Sunlife Organics kompaniyasining rahbari bo`lib, uning 6 ta fitobari, sharbat ishlab chiqaradigan shaxsiy korxonasi mavjud, deb xabar qildi “Nonbox.ru” nashri.

Xalil Rafatiy Ogayo shtatida voyaga etgan bo`lsa-da, farovon hayot orzusida Los-Anjelesga ko`chib o`tadi. Undagi savdo-sotiqqa bo`lgan qiziqishi farishtalar shahrida o`z o`rnini topishga yordam beradi. Xalil sport avtomashinalari savdosini yo`lga qo`yadi, tez orada ishlari yurishib ketadi. Ilgari buncha pulni qo`liga ushlamagan Xalil aysh-ishratga berilib, giyohvandga aylanadi. 2001 yilda Xalil ko`p miqdorda giyohvand modda iste`mol qilgani tufayli vafot etishiga bir bahya qoladi. U juda qisqa muddatda omadli tadbirkordan uysiz-joysiz, giyohvandga aylanadi

Ammo u davolanishga o`zida kuch topa oldi. Xalil reabilitasiya markazida davolangach, hayotini boshqatdan, toza sahifadan boshladi. Uni do`stlaridan birida kuchli energetik quvvatga va vitaminlarga boy sharbat bilan tanishtiradi. Shundan keyin Xalilda  sharbat ishlab chiqarish g`oyasi tug`iladi. U banan va xurmodan tayyorlangan “Rosomaxa” sharbati savdosini yo`lga qo`yadi. Shifobaxsh sharbat haqidagi yangilik bir zumda tarqaladi. Odamlar ataylab bu sharbatni tatib ko`rish uchun kela boshlashadi, Xalilning savdosi yurishib ketadi. Shundan keyin Xalil sharbat ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kompaniya ochadi. U 10 yilda qudratli sharbat imperiyasini yaratib, uning eng boy egasiga aylandi. Hozirda uning kompaniyasi 32 xil turdagi sharbat va yogurtlarni ishlab chiqarmoqda.

Xalil Rafatiy yordamga muhtoj insonlarni o`ylab o`tirmay, kompaniyasiga ishga oladi, chunki bundan 13 yil muqaddam  uysiz-joysiz ko`chada qolganda do`stlari yordam qo`lini cho`zganini hech qachon unutmaydi.

n0zd7nhw6c5xjnc8r1xmztropd76ljlamhnt4jvy86c04t1q7q0p8o6bl1nw0ywm607yjrngnpgmanba: Darakchi.uz

ULASHISH