Bu poliz mahsulotining har bir qismida aloxida foydali xususiyat mavjud.

Qovoq urug`i — qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, yurak-qon tomir faoliyatini mustahkamlaydi hamda tarkibidagi D vitamini hisobiga suyaklarni mustahkam qilib, kalsiy moddasini singdirishga yordam beradi. Po`stlog`i – qovoq po`stida sink moddasi yuqori bo`lib, zamburug`lar ko`payishidan saqlovchi o`simlik oqsili ham bor. Shamollash, jigar faoliyati bilan bog`liq xastaliklar, uyqusizlik, qandli diabet, erkaklardagi prostata bezi kasalliklarida qovoqning foydasa beminnatdir.

Resept: Uyqusizlikda – yarim stakan qovoq sharbatiga 1 choy qoshiq asalni aralashtirib, uxlashdan avval qabul qilinadi. Bu sharbat ta`sirida uyqu xolati normallashib, mehnat layoqati ko`tariladi.

  • Buyrakda tosh yig`ilishida – yarim stakan yangi chiqarilgan qovoq sharbatini bir kunda 3 maxal ichiladi. Muolaja davomiyligi 10 kun.
  • Tetiklashtiruvchi sharbat — 1 litr suvga 100 gr shakar solib qaynatiladi. Qaynagan suvga 500 gr qirg`ichdan chiqarilgan qovoqni qo`shib, 5-10 daqiqa davomida qaynatilib,tindiriladi. Olovdan olgach 1 ta limon sharbatini aralashtirib, iliq holatda qabul qilinadi. Mazkur sharbatni ovqatdan so`ng iste`mol qilish xazm qilish jarayoniga ijobiy ta`sir etib, quvvatni oshiradi.

Kimlarga mumkin emas: qorin va ichak faoliyati bilan bog`liq muammolarda, diareyaga moyilligi borlar uchun qovoq va undan tayyorlanadigan sharbatlar tavsiya etilmaydi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH