“Uyqudagi go`zal”: uyquga ketgan britaniyalik qiz olti oygacha uxlaydi

22 yoshli, britaniyalik Bet Gude juda kam uchraydigan Kleyne-Levin sindromi, ya`ni uyqudagi malika kasalligiga chalingan, deb xabar beradi “Nonbox.ru” nashri.

Bu kasalikka chalingan odam 18 soat, ba`zan undan ko`p uxlaydi, faqatgina ovqatlanish va hojatga chiqish uchungina uyqudan uyg`onishi mumkin. Bet 2011 yilning noyabr oyida uyquga ketdi va… olti oy uxladi.

Bet o`sha paytda universitetning psixologiya fakulteti talabasi edi. U baxtli kelajagiga ishonardi. O`shanda uyg`onmay, sutkasiga 22 soat uxladi. Bir kunda bir marotaba turib ovqatlanar, hojatga borar va yana uyquga ketardi.

l4hb5aqne83r2vpticmd57pnb

 

So`nggi 5 yil mobaynida Betning onasi Janin, qizining uyqudan ko`z ochmay, uyqu bilan vaqtini o`tkazganligini ma`lum qildi. U hozir 22 yoshga kirgan bo`lsa-da, hamon “uyqudagi go`zal” sindromidan qutulolmagan. Ammo haqiqiy hayot, reallik ertakdagidan tubdan farq qiladi. Bu kasallika chalingan yoshlar ayni o`qib, o`ynab-kulib o`tkazishi kerak bo`lgan vaqtini uyquda o`tkazadi. Mazkur kasallikka chalingan odamni na dori-darmon, na shovqin-suron, na yalinib-yolvorish uyg`ota oladi. Bet vrachga boradigan bo`lsa, uni uxlagan holatida ota-onasi nogironlar aravachasi yordamida kasalxonaga olib boradi.

58hxtqn1sh29v67onx04hi6ul

 

Janinga qizining uyg`onishini sabr bilan kutishdan boshqa iloj yo`q. Qizi esa ko`zini ochganda, qolib ketgan ishlarini bajarishga shoshiladi.

1q2dsvbzivjz90hg2g3wcga1g

 

Bet ikki haftagina boshqalarga o`xshab yashaydi, keyin yana uyqu uni o`z komiga tortadi. “Har safar Bet uyg`onganda, Yaratganga nola qilib, yana uyquga ketmasligini so`rayman. Ammo oradan ma`lum vaqt o`tgach, uning yorug`likdan, shovqindan qochib uxlashga harakat qilayotganiga ko`zim tushadi. Uni yana uyquga ketishga tayyorlanayotganini ko`rib, yuragim ezilib ketadi”, deydi qizning onasi Janin iztiroblari bilan o`rtoqlashib.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH