Uydagi xonalarga mos ranglar uyg‘unligini tanlaymiz

Ranglar inson kayfiyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi ilgaridan ma’lum. Shuning uchun uy xonalariga rang tanlashda alohida e’tibor talab qilinadi.

Avvalo, qaysi xonaga qanday kayfiyat bag‘ishlamoqchi ekanligingizni aniqlab oling. Masalan, yotoqxona uchun shinam va sokin muhit zarur bo‘lsa, mehmonxona uchun esa dam olish uchun qulay muhit kerak bo‘ladi.

Oq rang

%d0%b1%d0%b5%d0%bb%d1%8b%d0%b9-%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d1%80%d1%8c%d0%b5%d1%80

 

Ko‘pincha zal, kabinet va yotoqxonalar uchun ishlatiladi. Oq rang xonani kengaytirib ko‘rsatgani uchun kichik xonadonlar uchun juda mos keladi. Oq rang aniq fikrlashga va ijod qilishga ilhom beruvchi muhit yaratadi.
U quyidagi ranglar bilan juda mos keladi:

  • kulrang + och jigarrang
  • och jigarrang + sariq
  • pushtirang + och jigarrang

Kulrang

Kulrang neytralligi bilan boshqa ranglarni ochib ko‘rsatadi. Och kulrangdan yotoqxonalar uchun foydalansa bo‘ladi.

Mos tushuvchi ranglar:

  • oq + och jigarrang
  • oq + pushtirang
  • ko‘k + jigarrang

Yashil rang

%d0%b7%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b%d0%b9-%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d1%80%d1%8c%d0%b5%d1%80

 

Ijobiy hissiyot uyg‘otuvchi ranglardan biri hisoblanadi. Yotoqxona uchun och yashil rang, mehmonxonaga esa to‘q yashil rangdan foydalanilsa bo‘ladi.

Mos tushuvchi ranglar:

  • oq + och jigarrang
  • kulrang + jigarrang
  • jigarrang + to‘q qizil

Sariq rang

Bolalar xonasi uchun juda mos tushuvchi rang. Sariq rang quvnoq va yorqin rang bo‘lgani uchun, uning och ranglaridan yotoqxonada va mehmonxonada foydalanish mumkin.

Muvofiq ranglar:

  • oq + kulrang
  • to‘q sariq + yashil
  • oq + jigarrang

Binafsharang

%d1%84%d0%b8%d0%be%d0%bb%d0%b5%d1%82%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d0%b8%d0%bd%d1%82%d0%b5%d1%80%d1%8c%d0%b5%d1%80-680x449

 

Bu rang – orom va kuch bag‘ishlovchi rang. Och binafsharang yotoqxona yoki vannaxonalar uchun juda mos kelsa, yorqin binafsharang esa bolalar xonasiga muvofiq keladi. To‘q rang mehmonxona uchun to‘g‘ri keluvchi muhit yaratadi.

  • oq + och jigarrang
  • oq + och pushti
  • kulrang + jigarrang

manba: Daryo.uz

ULASHISH