Kerakli mahsulotlar:

Sariyog‘ – 125 g

Tuxum – 1 dona

Shakar – 4 osh qoshiq

Sut – 4 osh qoshiq

Un – 3 stakan

Yong‘oq (ta’bga ko‘ra) – 100 g

Quyultirilgan sut (qaynatilgan) – 1 ta banka

Tayyorlanishi:

Shakar bilan tuxum eziladi. Sariyog‘ va sut qo‘shiladi. Un aralashtirilib, xamir qoriladi. Xamirni 2-3 bo‘lakka bo‘lib, muzlatiladi. Xamirni muzlatgichdan olib, yirik tishli qirg‘ichdan chiqariladi. Qandolatchilik qog‘oziga joylashtiriladi. 160 haroratda, taxminan 10 daqiqa davomida xamir tilla rangga kirgunga qadar pishiriladi. Yong‘oqlarni maydalaymiz. Pishirilgan mayda uvoqlarni quyultirilgan sut, yong‘oq bilan aralashtirilib, likopchaga solinadi.

ULASHISH