Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida istiqomat qiluvchi erkak uyida chiroq o‘chib qolgani bois shahar ma’muriyati binosiga tashrif buyurib, o‘sha yerda choy ichdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Aleksandr ismli yigitning aytishicha, avariya tufayli uning uyida kuni bilan elektr quvvati bo‘lmagan, ammo u ertalabki choydan voz kechishni istamagani bois choynakni ko‘targancha ma’muriy bino tomon yo‘l olgan.

“Uyda chiroq o‘chdi. Bir kunga! Shu bois shahar ma’muriyatiga kelib, choy qo‘ydim. Choy ichib o‘tiribman — hech kim teginmayapti. Xohlovchilar va muzlab qolganlar, keling, chirog‘ingiz bo‘lmasa! Faqat krujkalarni olib keling”, — dedi Aleksandr.

manba: Daryo.uz
ULASHISH