Elektronika do’konida o’z ismini iPhone 7’ga almashtirgan ilk besh kishiga Apple mahsuloti bepul taqdim qilinishi haqidagi e`londan so’ng Ukraina fuqarosi Aleksandr Turin rasman iPhone Sim (Seven) nomini oldi. Bu haqida Emirates 24|7nashrida ma`lum qilindi

20 yoshli iPhone Sim (Seven) juma kuni orzusidagi mukofotni qo’lga kiritdi. U agar istasa, farzandli bo’lganida asl ismini (Aleksandr Turin) qaytarib olishi mumkinligini ta`kidladi.

Manbaga ko’ra, telefon bahosi Ukrainada 850 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Ayfon Simning oilasi va do’stlari avvaliga bundan hayratga tushishdi, biroq keyinchalik uning qarorini qo’llab-quvvatlashdi.

Uning opasi Tatyana Panina «bunga ishonish va tan olish qiyin bo’lgani»ni ta`kidladi va qo’shimcha qildi: «Har bir inson bu dunyoda o’zini namoyon qilish yo’lini izlaydi, xo’sh, nima uchun buni shu yo’l bilan amalga oshirmaslik kerak ekan?»

Bundan avval Ukrainadagi «Allo» do’koni o’z ismi-sharifi ni rasman iPhone 7’ga almashtirgan ilk 5 nafar fuqaroga bepul telefon taqdim qilinishini to’g’risida xabar berilgandi.

manba: Kun.uz

ULASHISH