2014-yilda Donetsk va Lugansk viloyatlarida boshlangan qurolli mojaro davomida 10 mingga yaqin kishi, jumladan, 2,7 ming nafar ukrainalik askar halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh Kongressida o‘tkazilayotgan “Ukrainaning ozodlik uchun davom etayotgan kurashi” forumidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Davlat rahbarining aytishicha, Donbassdagi to‘qnashuvlarda nobud bo‘lganlar soni AQSh Afg‘onistonda oxirgi 15 yil mobaynida yo‘qotgan harbiylar sonidan ko‘p.

“Donetsk va Lugansk viloyatlarida 1,8 million kishi uyidan mahrum bo‘ldi va Ukrainaning boshqa mintaqalariga ko‘chib o‘tdi. Ukraina hududining 7 foizi okkupatsiya ostida. Mamlakat iqtisodiyotining 20 foizi qo‘lga olingan yoki yo‘q qilingan”, — deya ta’kidlagan Poroshenko.

Manba

ULASHISH