Internet tarmog‘ida tasavvur nigohi bilan qaraganda Quyoshdan quvvat olayotgan noma’lum uchar jism (NUJ) tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Ufologlarning ta’kidlashicha kadrlar Quyoshni kuzatishga mo‘ljallangan SOHO kosmik apparatida olingan. Bu apparat NASA va Yevropa kosmik agentligining qo‘shma loyihasi bo‘lib, 1995-yilning dekabr oyida koinotga uchirilgan va yarim yildan so‘ng o‘z ishini boshlagan edi, — deb yozadi mk.ru.

O‘zga sayyoraliklar Quyoshdan energiya manbayi sifatida foydalanishlariga isbot sifatida ufologlar Quyoshdan chiqib o‘zga sayyoraliklarning transport vositasi sifatida taxmin qilinayotgan yorqin makon-dog‘da tugagan nurni keltirishmoqda. NUJ’ni faqatgina bitta kadrda ko‘rish mumkinligini ufologlar uning bir ondayoq quvvatlangani va o‘z yo‘lida davom etgani bilan izohlashdi.

Bu ufologlarning Quyosh nuridan quvvat olish niyatida kelgan kosmik kemani ko‘rganlarini e’lon qilishlarining birinchisi emas. Bunday xabar joriy yilning iyun, o‘tgan 2015-yilning aprel va noyabr oylarida ham tarqatilgan edi.

ULASHISH