Uch kun qoldi: Jahongir Otajonovning konsertoldi tayyorgarligidan fotoreportaj

Xonanda Jahongir Otajonov 28—29-oktabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 2016-yil hisobidan ikkinchi, “Kuz gullari” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Konsertoldi tayyorgarlik jarayonida mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

otajonov-4

100 foiz jonli ijroda bo‘ladigan Jahongir Otajonovning konsertiga tayyorgarlik ham kutilmagan voqealarga boy bo‘ladi. Dasturda kuylanadigan barcha qo‘shiqlarning bastakori ham o‘zi bo‘lgani sabab, Otajonovning sozandalarga qo‘yadigan talabi ham yuqori. Masalan, musiqa ko‘nglidagidek chiqmagan holatlarda Jahongir Otajonov kuyni o‘zi chalib ko‘rsatib berganiga ham guvoh bo‘ldik.

otajonov-3

Xonandaning konsent-tomosha faoliyatida o‘ziga xos yangilik — “Kuz gullari” dasturida Jahongir Otajonov DJ xizmatiga murojaat qiladi. Avval bunaqasi bo‘lmagan. Konsertda taxminan 16 ta qo‘shiq yangrashi kutilmoqda. Ulardan 8—9 tasi yangi taronalar ekani aytilmoqda.

otajonov-2

Xonanda Sa’diy Sheroziy, Hofiz Xorazmiy, Mahtumquli singari klassiklar, Omon Matchon, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, Bobur Bobomurod kabi zamondoshlar she’riyatiga murojaat qilgan. Jahongir Otajonov yangi konsertda kuylaydigan qo‘shiqlari orasida ba’zi bir kasb egalari tanqidiga bag‘ishlangan taronalar ham bor.

otajonov-1

Otajonov har konsertga eng kamida ikki oy tayyorgarlik ko‘radi. Xonandaning ma’murlari Sherzod Magrupov va Damir Qo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, “Kuz gullari”ga jiddiy tayyorgarlik ikki oycha avval boshlangan, konsert uchun yangi qo‘shiqlar yozishga esa “Ishtiboh” nomli avvalgi konsert tugashi bilan kirishilgan edi.

otajonov-6

“Kuz gullari” konsert dasturi davomida sozandalar Mahkam Ro‘zmetov (baraban), Sardor Shorahmedov (bas-gitara), Temur Ikromov (klavish), Ravshan Ne’matov (klavish), Nodir Toshxo‘jayev (elektrogitara), Olim Tojiyev (perkussi), Mardon Otajonov (didjey) Jahongir Otajonov bilan yelkama-yelka xizmat qilishi kutilmoqda.

otajonov-5

Xonandaning yozda bo‘lgan konsertida tasvirchilar guruhi ishlamagan edi. Bo‘lajak konsertda tasvirchilar guruhi bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lum.

manba: Daryo.uz

ULASHISH