Kerakli mahsulotlar:

Biskvit uchun:

4 dona tuxum

150 gr un

100 gr shakar

1 ta paket vanilli shakar (8 gr)

1 ta paket qabartma (razrixitel) (10 gr)

Qolipni yog‘lash uchun bir bo‘lak sariyog‘

Gilosli nachinka uchun:

1ta banka danaksiz, shakarli konservalangan gilos yoki olcha (menda sof og‘irligi 680 gr banka, mevalarning og‘irligi esa 385 gr)

1 osh qoshiq kartoshkali kraxmal

100 ml sharbat (gilosdan ajratib olinganni ishlatamiz)

1ta paket vanilli shakar (8 gr)

Tvorogli krem uchun:

500 gr 30 foiz yog‘lilikdagi smetana

600 gr 9 foiz yog‘lilikdagi tvorog (yog‘sizlantirilganni ham ishlatish mumkin)

100 gr shakar

100 ml qizil vino yoki olcha nalivkasi

15 gr kukundagi jelatin + 50 ml suv yoki gilos sharbati

Slivka qoplama uchun:

500 ml yog‘liligi 35 foiz bo‘lgan slivka

50 gr qand upasi

Slivka uchun 2 ta paket quyuqlashtiruvchi (2×8 gr)

Bezatish uchun:

650 gr nachinkali vafelli trubochka yoki 250 gr ichi g‘ovak (bo‘sh)idan

1 osh qoshiq kakao-kukuni

Ta’bga ko‘ra olchali marmelad yoki olchali jele

Tayyorlanishi:

Biskvitni tayyorlaymiz. Tuxumlarni oqini sarig‘idan ajratamiz. Oqini shakar va vanilli shakar bilan qattiq ko‘pik holiga kelguncha ko‘pirtirib, bittadan sarig‘ini ko‘shib boramiz. Unni elakdan o‘tkazib, qabartmani aralashtirib, tuxumli massaga qo‘shamiz. Xamirni qoshiq bilan yaxshilab aralashtiramiz. Bo‘laklarga ajraladigan qolipga sariyog‘ surkaymiz. Unga xamir quyiladi, kurakcha bilan tekislab va oldindan 180 gradusda qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga qo‘yiladi.

Biskvitni sovutib, qolipdan olamiz, gorizontal holatda ikki bo‘linadi.

Gilosli nachinkani tayyorlashga kirishamiz: mevalarni chovliga solamiz, ularning sharbatini kostryulkaga yig‘amiz. Kraxmalni 2 osh qoshiq sharbat (30 ml) bilan aralashtiramiz. Qolgan 70 ml sharbatni 1 ta paket vanilli shakar bilan qaytamiz, qaynab chiqishi bilan eritilgan kraxmalni quyamiz. 1 daqiqa qaynatgach, gilos mevalari solinadi, ehtiyotlik bilan aralashtiriladi, olovdan olinib, sovutiladi.

Tvorogli krem: jelatinni sovuq suv yoki sharbatga 15 daqiqaga ivitiladi, so‘ngra mikroto‘lqinli pechda 30 soniya davomida isitiladi yoki gazda kichkina idishchada qizdiriladi (lekin qaynashgacha olib borilmaydi). Smetanani qand upasi bilan aralashtiriladi, elakdan o‘tkazilgan tvorog qo‘shiladi, vino yoki nalivka quyiladi, sanchqi bilan yaxshilab aralashtiriladi va jelatin qo‘shiladi. Tezlik bilan aralashtiriladi.

Torni yig‘ish: biskvitning bitta korjini qolipga qaytarib solinadi, ustiga gilosli nachinka, so‘ngra tvorogli krem solinadi, so‘ngra ikkinchi biskvitli korj bilan yopiladi. Muzlatgichga 6 soatga qo‘yiladi. Sovugan va muzlatilgan tortni qolipdan olamiz. Slivkani qand upasi va quyuqlashtiruvchi bilan ko‘pirtiramiz. Ko‘pirtirilgan slivka bilan tort usti va yonlari surkaladi (1/5 qismini qandolatchilik shpritsida bezatish uchun olib qo‘yiladi). Vafelli trubochkalar bilan bezatib chiqiladi. Aylananing ustini slivkali piramidachalar bilan bezatib chiqiladi, piramidakalarning cho‘qqisiga gilosli marmelad yoki jele quyiladi. Kakao kukuni elakdan o‘tkazib sepiladi.

ULASHISH