Albatta tayyorlab ko‘ring, bu salat ham mazali va juda foydalidir!

Kerakli mahsulotlar:

Sabzi — 4-5 dona (o‘rtacha kattalikda)

Qaynatilgan tuxum — 5-6 dona

Sarimsoqpiyoz – 2-3 tishcha

Smetana – 1-2 osh qoshiq

Tuz – 1-2 chimdim (ta’bga ko‘ra)

Tayyorlanishi:

Sabzining usti artilib, o‘rtacha tishli qirg‘ichdan chiqariladi. Tuxum tozalanadi, uni ham shu qirg‘ichdan chiqariladi yoki mayda kubik shaklida to‘g‘raladi. Salat idishiga sabzi solinadi. Sarimsoqpiyoz tishchalari ezg‘ichda eziladi. Sabziga tuxum, sarimsoqpiyoz, tuz va smetana qo‘shiladi. Barchasi yaxshilab aralashtiriladi. Bizning salat tayyor

ULASHISH