Tushlardan doimiy foydalanish kipriklarni to`kib yuboradi.  Ularni tiklab, avvalgidan-da quyuqlashtirish uchun bir nechta oson maslahatlarimiz bor:

1. Eng birinchi o`rinda A hmda E vitaminlariga boy bo`lgan sabzi va o`simlik yog`larini iste`mol qilish darkor.

2. Kechqurun tushni tozalab tashlash uchun sovundan emas, o`simlik moyi yoki maxsus tush tozalovchi vositadan foydalaning.

3. Makiyaj tozalangandan keyin yotishdan oldin moychechak yoki ko`k choy damlamasidan kompress tayyorlab, 15 daqiqaga ko`zlarga qo`yib qo`yish kerak. Bunday kompresslarni haftada 2-3 marta takrorlasa, kipriklar mustahkamlanadi.

4. Komressdan keyin eski tush cho`tkasi bilan kipriklarga kanakunjut moyi(kastorka)dan surtib qo`ying.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH