Biz siz uchun dunyo bo‘ylab eng o‘ziga xos qahvali ichimliklarni tayyorlash usullarini havola etmoqchimiz.

Zefirli qahva

Qahva qaynatib, biroz qaynoq sut qo‘shing va chashka ustiga, qahva sal tegib turadigan qilib zefirni qo‘ying. Zefirga o‘zingiz yoqtirgan qiyomdan surasiz va bir daqiqadan so‘ng ichimlik tayyor bo‘ladi.

Limonli qahva

Qora qahvaga bir bo‘lak limonning faqat sharbatini qo‘shing yoki limon qobig‘ini qo‘shsangiz ham bo‘ladi. Natijada ajoyib ta’mli ichimlik hosil bo‘ladi. Lekin, oshqozon kislotasi yuqori bo‘lganlarga, bu ichimlik tavsiya etilmaydi.

Shokoladli qahva

Bu yozning issiq kunlarida ichiladigan ichimliklardan biridir. Qaynatilgan qahvaga muz va maydalangan shokolad qo‘shiladi.

Tuxumli qahva

Bir dona tuxum oqi 1 osh qoshiq quyultirilgan sut bilan aralashtirib ko‘pirtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma chashkaga solinadi va ustiga qaynatilgan qahva quyiladi.

Pishloqli qahva

Espresso tayyorlang va unga bir bo‘lak qaymoqli pishloq qo‘shing. Aralashtirilgandan so‘ng, pishloq biroz eriydi. Maza qilib ichishingiz mumkin!

Sizga qaysi biri yoqdi?

manba: Daryo.uz

ULASHISH