Turkiya bosh prokuraturasi joriy yilning yozida mamlakatda sodir etilgan davlat to’ntarishga urinishni tashkillashtirgan ikkinchi shaxsning nomini ma`lum qildi. Bu haqda 2 noyabr kuni Daily Sabah xabar bergan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma`lumotiga ko’ra, bu Kamol Batmazdir. Isyonning boshqa bir muvofiqlashtiruvchisi Odil O’qsiz bilan birga u voqealardan ikki kun oldin AQShdan Turkiyaga kelishadi. U yerda ular Fathulla Gulen bilan uchrashishlari lozim edi.

Prokuraturaning bayonotiga ko’ra, yil boshidan beri ular AQShga to’rt marta borishgan.

Odil O’qsiz davlat to’ntarishiga urinishdan so’ng darrov qo’lga olingan edi. Garov evaziga qo’yib yuborilgan va shundan so’ng izsiz g’oyib bo’lgan edi. Ayni damda u qidiruvga berilgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH