Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 17-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 18-noyabrga mo‘ljallangan.

Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

ULASHISH