17-noyabr kuni O‘zbekistonga yetib kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Islom Karimov qabriga gullar qo‘yib, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov tomonidan o‘qilgan tilovatdan so‘ng Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Shavkat Mirziyoyev muzokara o‘tkazish uchun yo‘l oldi.

ULASHISH