Republican U.S. presidential nominee Donald Trump and Democratic U.S. presidential nominee Hillary Clinton shake hands at the end of their presidential town hall debate at Washington University in St. Louis, Missouri, U.S., October 9, 2016. REUTERS/Jim Young TPX IMAGES OF THE DAY - RTSRJ66

AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp kampaniyasi menejeri Kellian Konuey Hillari Klinton ishini tekshirish uchun maxsus prokuror tayinlanishi ehtimolini istisno qilmadi, deb yozadi “RBK”.

Trampning vakili ushbu masalani so‘nggi vaqtlarda yangi saylangan prezident bilan muhokama qilmaganini aytdi, ammo bu “o‘z vaqtida” sodir bo‘lishini ta’kidladi.

Konueyning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Tramp va uning vitse-prezidenti Maykl Pens “mamlakatni birlashtirish usullarini qidirmoqda”.

8-noyabr kuni AQSh adliya vazirligi Klinton ishini tekshirish cho‘zilib ketishini taxmin qildi: sobiq davlat kotibining shaxsiy pochta serveridan topilgan xatlarning qolganini tahlil qilishga besh yil vaqt ketishi mumkin.

manba: Daryo.uz

ULASHISH