AQSh prezidenti saylovi g‘olibini to‘g‘ri topgan Feliks laqabli oq ayiq mukofot tarzida Donald Tramp byusti shaklidagi tortga ega bo‘ldi. Bu haqda, Krasnoyarsk florasi va faunasi bog‘i saytiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Aytilishicha, jonivorga sovg‘a qilingan tort xamirdan qilinmagan edi. Milliarderning boshi tarvuzdan, sochlari karamdan, tanasi ichiga baliq va go‘sht solingan muzdan, ko‘ylagi esa tvorogdan yasalgan edi. Bundan tashqari, Trampning galstugi ham go‘shtdan qilingan edi.

Tortga qo‘shib Feliksga topshirilgan qovoqqa Trump Victory Felix so‘zlari o‘yib yozilgan edi.

Saylov arafasida Feliks yo‘lbars Yunona bilan birgalikda o‘z nomzodini tanlagan edi. Buning uchun ikkita qovoqqa nomzodlarning ismlari yozilib, yirtqichlarga ulardan birini tanlash imkoniyati berilgan edi. Yunonga Hillari Klintonni, Feliks esa Donald Trampni tanlagan edi.

manba: Daryo.uz
ULASHISH