Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g’alabasi tufayli sayyoramizning eng boy odamlarining davlatlari 41 mlrd dollarga kamaydi. Bunday hisob-kitoblarni Bloomberg axborot agentligi keltirib o’tdi.

Agentlik ma`lumotlariga ko’ra, Trampning g’alabasi Meksikaning eng badavlat odami Karlos Slim-Eluga eng ko’p ta`sir qildi, uning aktivlari narxi 9,2 foiz yoki 5,1 mlrd dollarga kamaydi. Shu bilan birga qolgan badavlat meksikaliklarning umumiy davlati 6,5 mlrd dollarga kamaygan. Jumladan, Meksikaning eng badavlat odamlari orasida 4-o’rinni egallovchi Yeva Gonda Rivera 487 mln dollar boy berdi.

Meksikalik milliarderlar orasida bunday yo’qotishlar Meksika milliy valyutasi – peso bir kun ichida o’z narxidan 10 foizga qadrsizlangani va oxirgi 10 yil ichida minimum ko’rsatkichni qayd qilgani bilan bog’langan. Bu Tramp g’alaba qilgani haqidagi xabarlar ortida yuz berdi.

manba: Kun.uz

ULASHISH