Respublikachilar partiyasi tomonidan AQSh prezidentligiga nomzodi ko`rsatilgan Donald Tramp raqibi bo`lmish Xillari Klintonning Suriya bo`yicha rejalashtirgan siyosati amalga oshadigan bo`lsa, uchinchi jahon urushi boshlanishini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Tramp bu siyosatning o`rniga “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan kurashni kuchaytirish, barcha e`tiborni jangarilarga qaratish lozimligini ta`kidladi.

“Biz butun diqqatimizni “Islom davlati” radikal guruhiga qaratishimiz kerak. Suriyaga e`tibor shart emas. Agar Xillari Klintonning gaplariga quloq soladigan bo`lsak, Uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin”, dedi Donald Tramp Reyter agentligiga bergan intervyusida.

“Suriya haqida gap ketganda, Suriya prezidenti Bashar Asad bundan uch yil ilgarigidan ko`ra, ancha kuchayganligini ham hisobga olish lozim”, deb ta`kidladi Tramp.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH