AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp CBS telekanalining «60 daqiqa» ko’rsatuviga bergan intervyusida mamlakat prezidentlariga beriladigan oylik maoshdan voz kechishga tayyorligi haqida bayonot bergan.

«Men hech qachon bunga izoh bermaganman. Ammo mening javobim — yo’q», — degan  Tramp. U ko’rsatuv boshlovchisi Lesli Shtalning mamlakat prezidenti maoshiga oid savoliga shunday javob bergan.

Shu bilan birga, Tramp davlat rahbari sifatida bir yil evaziga 1 dollar maosh olishga tayyorligini ham qo’shimcha qilgan.

Ta`kidlanishicha, AQSh prezidenti bir yilda 400 ming dollar atrofida maosh oladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH