AQSh prezidentligi uchun kurash tobora qizg’in tus olmoqda. Nomzodlar o’z tarafdorlari sonini oshirish maqsadida barcha imkoniyatlardan foydalanishga urinayapti. Xususan, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Facebook Live orqali o’zining har kunlik tomoshasini ishga tushiradi, deb yozmoqda Wired.

Shouda Tramp kampaniyasining ikki nafar maslahatchisi — Boris Epshteyn va Kliff Sims — jurnalist ayol Tomi Laxren hamkorligida ishtirok etadi. Dasturlarda siyosatchining chiqishlari hamda ularning muhokamasi efirga uzatiladi. Shuningdek, Tramp oila a`zolari va ekspertlar tomosha mehmonlari bo’lishadi.

Ayrim amerikalik jurnalistlarning qayd etishlaricha, bu tomosha «Tramp-TV» nomidagi telekanalning debochasi bo’lishi mumkin. Biroq, ta`kidlanishicha, respublikachi nomzodning o’zi bu kabi telekanalni tashkil etishga qiziqish bildirmagan.

manba: Kun.uz

ULASHISH