5 daqiqada tayyor bo‘ladi

Kerakli mahsulotlar:

Ta’bga ko‘ra 150 g pishloq istalgan turdagi

2 stakan bug‘doy uni

1 stakan kefir

Yarim choy qoshiqda shakar, tuz va osh sodasi

Tayyorlanishi:

Iliq kefirni chuqur tog‘orachaga quyiladi, shakar, tuz va osh sodasi qo‘shiladi, aralashtirilib, 5 daqiqaga qo‘ yib qo‘yiladi.

Mayda tishli qirg‘ichdan pishloqni chiqarib, un bilan birga kefirli aralashmaga solinadi va xamir qoriladi. Dastlab qoshiq bilan ishlov beriladi va ko‘ngra 3 daqiqa davomida qo‘l bilan ishlov beriladi. Tayyorlangan xamirni 5 ta teng bo‘lakka bo‘linib, har bir kulchalarni yoyib chiqamiz. Tovada oz miqdorda o‘simlikni yog‘ini qizdirib, navbat bilan kulchalarni 3 daqiqa davomida qizarguncha qovurib olamiz. Qopqoqni yopish esdan chiqmasin. Shuningdek, xamirga qo‘shimcha sifatida kolbasa va ko‘katlar qo‘shish mumkin.

ULASHISH