Toshkent shahrining Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi ayol issiqlik quvvati bilan ta’minlash masalasida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasiga murojaat qilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan xabarga ko‘ra, ushbu murojaatni ko‘rib chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan (aynan qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganiga aniqlik kiritilmagan).

Shu munosabat bilan, Toshkent shahrining Mirobod tumani hokimi Sharofiddin Qodirovga hayfsan e’lon qilingan, “Toshissiqlikquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi Mirobod tumani filiali rahbari (Muhammedov) egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH