Facebook ijtimoiy tarmog’idagi «Voditeli Tashkenta» guruhi  foydalanuvchilari Toshkent-Yangiyo’l trassasida ro’y bergan dahshatli avtohalokatni muhokama qilishmoqda.

Guruhga joylashtirilgan suratlarda Spark avtomobili simyog’ochga kelib urilgach, ikkiga ajralganini ko’rish mumkin. To’qnashuv shu qadar kuchli bo’lganki, simyog’och mashinaning old o’rindiqlari orasida qolgan. Avtomobil haydovchisi mo`jiza tufayli omon qolgan.

Avtomobil butkul majaqlanib ketgan va qayta tiklab bo’lmas holatga kelgan.

Taxminlarga ko’ra, Spark haydovchisi rulda uxlab qolgan yoki mast holda bo’lgan va mashina katta tezlikda simyog’ochga kelib urilgan.

ULASHISH