1-noyabr, seshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, shuningdek, mamlakatning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 1-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +2…+7 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +5…+10 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida +10…+15 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +12 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Seshanba kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +10…+15 daraja, mamlakatning tog‘li joylarida +15…+20 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +18…+23 daraja, Toshkent shahrida +23…+25 daraja, qolgan barcha hududlarda +28 darajagacha iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” markazi axborotiga ko‘ra, 1-noyabrga o‘tar kechasi va 1-noyabr kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.

ULASHISH