Toshkentning markazi, Yunusobod tumanida «Matiz» rusumidagi avtomobil yonib ketdi.

Voqea 29 noyabr soat 23:00 dan keyin Amir Temur shoxko’chasida, sobiq «Qozog’iston» kinoteatri yaqinida yuz bergan.
Jabrlanganlar haqida ma`lumot berilmagan.

Voqea yuz bergan joyda transport qatnovi vaqtinchalik yopib qo’yilgan.

Yong’in sabablari aniqlashtirilmoqda. Voqea joyida FVV va YHXBB xodimlari ish olib borishgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH