10 noyabr kuni Toshkent hayvonot bog`ida 3 yil oldin Isroildan olib kelingan “Boy” laqabli timsoh o`lib qoldi.

Hayvonot bog`i mam`uriyatining xabar berishicha, timsohning o`limiga bolalar o`yinchog`i sabab bo`lgan. Tekshiruvlar natijasiga ko`ra, timsohning oshqozonidan bolalar o`yinchog`i topilgan.

 

Avvalroq tashrif buyuruvchilar tomonidan to`siqlar ichiga turli narsalar tashlanishi oqibatida hayvonlar o`limi holatlari haqida xabar bergandik.

 

7 noyabr kuni ertalabki tekshiruv chog`ida jirafaning ozuqasi solinadigan joydan 20 sm to`qish moslamasi topilgan, agar u ham o`z vaqtida aniqlanmaganida hayvonning o`limiga olib kelgan bo`lardi.

 

Shu munosabat bilan hayvonot bog`i ma`muriyati tashrif buyuruvchilarni hayvonlarga ehtiyotkorli bilan munosabat qilishlarini so`ramoqda:

 

“Ogoh bo`ling! To`siqlar ichiga turli narsalar tashlamang. Agar shunday holatning guvohi bo`lsangiz Bog` ma`muriyatiga xabar bering.”

ULASHISH