Ayollar qanday o‘lchamlarga ega bo‘lmasin, har doim jozibali ko‘rinishni istaydi. Albatta bunday istakning bo‘lishi tabiiy va uni amalga oshirishning imkoni bor. O‘ziga mos kiyim tanlash borasida hatto sal to‘lachadan kelgan ayollar ham shubhali maslahatlarga duch keladi. Oq va yorqin rangli kiyimlarni tanlamaslik kabilar shular jumlasidandir. Umuman olganda ko‘plab jurnallar bunday ayollar uchun tavsiya qiladigan matolar tank g‘ilofini eslatadi.

Garderobingizda yorqin, och rangli va bir rangli kiyimlarga nisbatan taqiqni esdan chiqaring. Aslida semiz ko‘rinishga nafaqat ranglarning yorqinligi, biroq ularning harorati ham ta’sir qiladi: siz tanlagan rang qanchalik issiq bo‘lsa, u shunchalik kengroq, aksincha sovuq ranglar toraytiruvchi xususiyatga ega. Bir xil rangdagi liboslarga ham e’tibor qaratmaslik yaramaydi: qoramtir va to‘yingan ranglar har qanday qomatning go‘zalligiga urg‘u beradi.

Ayollarga xos nazokat va nafosatga urg‘u berish uchun to‘piq, bo‘yin va qo‘l panjalari ochiq bo‘lishiga e’tibor qarating. Bundan faqat tik turadigan yoqa va xushbichim sharf istisno bo‘la oladi. Kvadrat yoki V-shaklda o‘yilgan yoqalar eng yaxshi variant hisoblanadi.

Libosning yeng qismini odatda kasr bilan o‘lchashni xush ko‘rishadi. To‘ladan kelgan ayollar uchun 7/8 uzunlikdagi yeng deyarli har doim ideal hisoblanadi.

Ko‘ylak yoki tunikaning uzunligi ham muhim. Tunika, kardigan yoki uzun ko‘ylak (rubashka) tosning eng keng qismida tugamasligi lozim. Aks holda ularning hajmini yanada oshirgan bo‘lasiz. To‘ladan kelganlar uchun ko‘ylakning eng ideal uzunligi — tizza o‘rtasi yoki quyi nuqtasigacha, shuningdek, to‘piqdan biroz yuqori bo‘lgan uzunlikdir.

Oyoq kiyim tanlay turib, har doim ham baland poshnani tanlash shart emas. To‘g‘ri, ular xushbichim ko‘rinishga yordam beradi, biroq ularni doim kiyib yurish haqiqiy azob. Poyabzal oyoqlaringiz uchun kun davomida qulay bo‘lishi kerak. Yengil ko‘rinish beruvchi yengil poshnalarni tavsiya etishimiz mumkin. Poyabzalning uch qismi aylana yoki uchqur bo‘lishi lozim. Kvadrat tumshuqli oyoq kiyimdan qat’iy voz kechish kerak bo‘ladi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH