1932-yili Atlantika okeani uzra parvoz qilgan birinchi ayol – Ameliya Erxart Lockheed Electra samolyotida Yer shari bo‘ylab parvozni amalga oshirib, rekord o‘rnatmoqchi bo‘lgandi. 1937-yilning 2-iyulida u bedarak yo‘qolgan, uning qoldiqlari esa endigina aniqlandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Uchuvchi ayolni qidirish ishlari 1937-yildan 1939-yilgacha olib borilgan edi. 1940-yilda Nikumaroro marjonlar orolida odam skeleti aniqlandi va uni erkakniki deb hisoblashdi. Ammo 2016-yilda olimlar tomonidan o‘tkazilgan takroriy ekspertiza qoldiqlar Erxart singari bo‘y va millatga mansub ayolga tegishli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Xalqaro guruh tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, Nikumaroro orolida Erxart va uning shturmani Fred Nunanga tegishli buyumlar bo‘lgan. Xususan, u yerda kurtka parchalari, alyumin qismlar va sepkillarga qarshi kosmetik krem qoldiqlari topilgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH