Internet tarmog‘ida qoplon timsohni yeyayotganini ko‘rib dong qotib qolgan kapibara (suv cho‘chqalari oilasiga mansub kemiruvchi jonivor) tasvirlangan video ommalashmoqda, — deb yozadi tvzvezda.ru

Kadrda kapibaradan bir necha metr uzoqlikda qoplon timsohni yeyayotgani ko‘ringan. Hodisa daryoda yuz bergan. Kemiruvchi voqeadan shunchalar qo‘rqib ketganidan o‘g‘zini ochgancha turgan joyida qotib qolgan.

Tarmoq foydalanuvchilari videoni kadrlarga bo‘lib, unga turli hazillar qo‘shishga ulgurishdi.

«Timsohning o‘limidan qattiq ruhiy zarba olgan suv cho‘chqasi meni butun vujudim bilan kulishga majbur qildi” — deb yozadi foydalanuvchilarning biri.

Video fragmenti BBC tarmoq ko‘rsatuvi hisoblanuvchi Planet Earth II serialidan olingan.

ULASHISH